Mening shaxsiy sahifam
Assalomu alaykum! Mening ismim Gulsevar. Men hozirda Aniq fanlar fakultetida tahsil olaman. Matematika mening eng sevimli fanim bo'lib, mantiqiy masalalar va yangi bilimlarni o'rganishni yoqtiraman.
Bo'sh vaqtlarimda kitob o'qishni juda yaxshi ko'raman. Ayniqsa o'zbek adabiyoti va klassik uslubdagi asarlar menga juda yoqadi. Kitob mutolaa qilish orqali yangi fikrlar va hayotiy tajribalarni o'rganaman.
Men sokin musiqalarni tinglashni yoqtiraman. Shuningdek, raqsbop qo'shiqlarni ham maroqli deb bilaman. Musiqa menga dam olish va yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi.